AIBA Desktop macOS va Windows uchun

AI biznes yordamchingizendi kompyuteringizda

Har kuni bitta ishni AIBA'ga o'tkazing — kalendar, xatlar, hujjatlar va bilim bazangiz bilan ishlaydigan agent. Siz topshiriq berasiz, u bajaradi.

Bosh oynaAgent bilan chatBilim bazasiTezkor izlash
Imkoniyatlar

Ilova nimalar qila oladi?

Oddiy tilda yozing yoki ayting — AIBA qolganini o'zi bajaradi.

Topshiriqni bajaradigan agent

«Kalendarimda bugun nima bor?», «Shu hujjatdan qisqa xulosa chiqar» — agent kerakli vositani o'zi tanlaydi va natijani tayyorlab beradi.

Reja · Tasdiq · Avto

Nazoratni o'zingiz belgilaysiz: avval reja ko'ring, har bir amalni tasdiqlang yoki agentga to'liq ishonib topshiring.

Kalendar, eslatmalar va pochta

Tadbirlarni ko'radi va qo'shadi, ustma-ust tushgan uchrashuvlardan ogohlantiradi, xat qoralamasini tayyorlaydi — yuborish faqat sizning tasdig'ingiz bilan.

Shaxsiy bilim bazasi

Sahifalar, papkalar va ular orasidagi bog'lanishlar grafi. Barcha qurilmalaringiz bilan sinxronlanadi, agent esa undan javob topadi.

Korxonalaringiz ma'lumotlari

AIBA akkauntingiz orqali korxonalar, bank hisoblari va hujjatlaringizga ulanadi — «qaysi korxonalarga kirishim bor?» deb so'rashning o'zi yetarli.

Skill'lar

Takrorlanadigan ishlarni bir marta skill qilib saqlang — keyin bir so'z bilan ishga tushiring.

Lokal model yoki bulut

Ma'lumotlar kompyuterdan chiqmasin desangiz — lokal model. Kuchliroq model kerak bo'lsa — Claude, ChatGPT yoki Gemini obunangizni ulang.

Hammasi bir izlashda

⌘K / Ctrl+K — chatlar, xabarlar, bilim bazasi sahifalari, skill'lar va amallar bitta oynada.

Ovozli buyruq

Yozishga vaqt yo'qmi? Mikrofonni bosing va topshiriqni ayting.

Xavfsizlik birinchi o'rinda

Kalitlar tizim xotirasida shifrlangan holda saqlanadi, har bir agent amali ruxsatlar asosida bajariladi va jurnalga yoziladi.

O'rnatish

Qanday o'rnatiladi?

Bir necha daqiqa va bir necha bosish — ilova tayyor.

  1. 1

    1-qadam

    O'rnatuvchini yuklab oling

    Mac'ingizga mos faylni tanlang. Qaysi ekanini bilish uchun: Apple menyusi → «Ushbu Mac haqida». «Chip: Apple M…» bo'lsa — Apple Silicon, «Protsessor: Intel» bo'lsa — Intel.

  2. 2

    2-qadam

    Faylni oching

    «Yuklanmalar» (Downloads) papkasidagi AIBA-….pkg faylini ikki marta bosing.

  3. 3

    3-qadam

    O'rnatishni yakunlang

    «Davom etish» → «O'rnatish» ni bosing va Mac parolingizni kiriting. Ilova «Dasturlar» (Applications) papkasiga o'rnatiladi.

  4. 4

    4-qadam

    AI Assistant'ni ishga tushiring

    Launchpad yoki «Dasturlar» papkasidan «AI Assistant» ni oching.

  5. 5

    5-qadam

    AIBA akkauntingiz bilan kiring

    «Kirish» tugmasini bosing — brauzer ochiladi. aiba.uz akkauntingizni tasdiqlang va ilovaga qayting.

  6. 6

    6-qadam

    Ruxsatlarni bering

    Kalendar, eslatmalar yoki mikrofonga birinchi murojaatda macOS ruxsat so'raydi — «Ruxsat berish» ni bosing.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Ilova pullikmi?

Yuklab olish va o'rnatish bepul. Biznes imkoniyatlari aiba.uz'dagi tarifingizga qarab ochiladi.

Akkaunt kerakmi?

Ha, ilovaga aiba.uz akkauntingiz bilan kirasiz. Akkaunt bo'lmasa, kirish oynasida bir daqiqada yaratiladi.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Kirish kalitlari tizim xotirasida shifrlangan holda saqlanadi. Lokal model tanlasangiz, so'rovlaringiz kompyuterdan umuman chiqmaydi.

Yangilanishlarni qanday olaman?

Hech narsa qilish shart emas — ilova yangi versiyani fonda yuklab oladi va keyingi ochilishda o'rnatadi.

Telefonda ishlaydimi?

Bu ilova kompyuter uchun. Telefon uchun AIBA mobil ilovasini aiba.uz sahifasidan yuklab oling.

Yordam

O'rnatish yoki ishlatishda yordam kerakmi?

Arizani qoldiring — mutaxassisimiz qo'ng'iroq qilib, o'rnatishdan tortib birinchi topshiriqqacha yordam beradi. Yoki hoziroq qo'ng'iroq qiling.

Yordam so'rash

Kompyuteringiz
Nima bo'yicha?

«Yuborish» ni bosib, maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.